Линклар

Ozodlikning “Qurultoy” dasturida O‘zbekiston¸ Qozog‘iston va Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati sobiq zobitlari ayni kunlarda Toshkentda ShHT sammitiga hozirlik doirasida ko‘rilayotgan choralarni muhokama qildi. O‘zbek zobitining sarlavhaga chiqarilgan bayonotiga javoban qirg‘iz polkovnigi¸ “o‘ndan oshiq davlat prezidenti xavfsizligini kafolatlash uchun xavfsizlik xizmatlari lozim topgan chorani qo‘llashga haqli”¸ deya e’tiroz bildirdi.

23-24 iyun kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ga a’zo davlat rahbarlarining navbatdagi oliy darajali uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur sammit arafasida O‘zbekiston kuch ishlatar tizimlari mamlakat hududi¸ xususan Toshkent va uning aholisini enigayu bo‘yiga tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Prezidentlar Toshkentga keladigan kun yaqinlashgan sayin¸ tekshiruv va cheklovlar ko‘lam va darajasi ham kuchayib bormoqda.

Ozodlikning “Qurultoy” dasturida o‘ndan oshiq davlat rahbari bir joyga yig‘iladigan bunday tadbirlar xavfsizligi qanday ta’minlanadi¸ degan savol muhokama qilindi.

Unda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik komitetining iste’fodagi polkovnigi Arat Narmanbetov¸ Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik komiteti rahbarining sobiq o‘rinbosari¸ polkovnik Talant Razzoqov¸ O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq zobiti Ikrom Yoqubov va Dushanbeda o‘tkazilgan MDH va ShHT sammitlarini bevosita tashkillashtirgan tojikistonlik mutaxassis Rustam Joniylar ishtirok etdi.

XS
SM
MD
LG