Линклар

Bugun Pekin shahrining Tyananmen maydonida talabalar namoyishi qonli tarzda bostirilganiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

AP xabariga ko‘ra, maydonda politsiya har bir odamni hujjati va sumkasini ochib tekshirmoqda.

1989 yilning 4 iyunida Xitoy hukumati talabalarning demokratik chiqishini bostirish uchun harbiy qudratini ishga solgan, tanklar qo‘llagan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuzlab namoyishchilar qurbon bo‘lgan.

Ayrim manbalarda esa ularning soni mingdan ortishi mumkinligi aytiladi.

Biroq qurbonlarning aniq soni hozirgacha ma’lum emas.

XS
SM
MD
LG