Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:10

“Hamkorbank”ga nisbatan valyuta amaliyotlariga oid cheklovlar bekor qilindi


O‘zbekistonda “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankiga nisbatan xorijiy valyuta amaliyotlariga oid cheklovlar bekor qilingan.

Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati juma kuni ma’lum qildi.

Endilikda, bank yuridik shaxslar bilan xorijiy valyutadagi bank amaliyotlarini o‘tkazishi mumkin, deyiladi matbuot bayonnomasida.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil fevralь oyida O‘zbekiston Markaziy banki, "Hamkorbank"ning yuridik shaxslar bilan xorijiy valyutada amaliyot o‘tkazish litsenziyasini 6 oyga to‘xtatgan edi.

Ayni paytda O‘zbekistonda so‘m qadrining pasayishi bilan dollar narxi keskin ko‘tarilgani kuzatilmoqda. O‘zbekiston "qora bozor"ida 1 dollar 6500 so‘mni tashkil etmoqda.

XS
SM
MD
LG