Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:18

Suriya armiyasi Raqqaga yurishni boshladi


Suriya armiyasi "Islomiy davlat" janggari guruhiga qarshi olib borayotgan qaqshatgich janglar ortidan ekstremistlarning qo‘rg‘oni hisoblangan Raqqa viloyati hududiga o‘tgan.

Suriya Inson huquqlari observatoriyasining ma’lum qilishicha, Suriya qo‘shinlari 4 iyun kuni Rossiyaning harbiy ko‘magida "Islomiy davlat"ning Hama viloyatidagi istehkomlariga qarshi havo hujumlarini amalga oshirgan va janggariguruh ushbu hujumlardan katta talafot ko‘rgan.

Bu esa Suriya qo‘shinlarining Raqqa tomon yurishiga yo‘l ochgan.

"Islomiy davlat" ikki yil avval Suriyaning bir qancha qismini o‘z nazoratiga olgan, mamlakat shimolidagi Raqqa viloyati Raqqa shahrini o‘zining poytaxti deb e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG