Линклар

Ukraina chegarachilari Fransiyada terror hujumlarni rejalagani gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olgan.

Fransiyalik ekani aytilayotgan shaxs o‘z mashinasida Kalashnikov avtomati va portlatgichlarni olib ketayotgan paytda Ukraina va Polsha chegarasida o‘tgan oy oxirlarida ushlangan.

Ukraina Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati vakili Oleg Slobodyan bu xabarni tasdiqladi, lekin boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi.

Reuters agentligiga ko‘ra, shubhali shaxs hozir ham Ukrainada ushlab turilibdi.

Kiev uning Fransiyaga ekstraditsiya etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan yil Parijda 130 odam, shu yil mart oyida esa Bryusselda 32 odam o‘limiga sabab bo‘lgan terror hujumlari ortidan Yevropada xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

XS
SM
MD
LG