Линклар

logo-print

AQSh prezidenti Barak Obama afsonaviy bokschi Muhammad Alining o‘limi munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

Obama o‘z ta’ziyanomasida Muhammad Ali bilan shaxsan tanish bo‘lgani haqida ta’kidladi.

“Butun dunyo ahli qatori men va Mishel uning o‘limidan iztirobdamiz. U bilan tanish bo‘lganimizga, shunday ulug‘ inson bilan zamondosh bo‘lganimizga Hudodan minnatdormiz. Men Alini nafaqat yetuk notiq yoda ringdagi ulkan bokschi sifatida, balki to‘g‘rilik uchun kurashgan inson sifatida bilaman. U biz uchun kurashdi, uning nomi Martin Lyuter King, Nelson Mandelalar qatorida tilga olinadi ”, - deyiladi Barak Obama ta’ziyasida.

75 yoshli bokschi Muhammad Ali Parkinson kasalligi bilan o‘ttiz yillik olishuvdan so‘ng 74 yoshida vafot etdi.

XS
SM
MD
LG