Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:21

"Oddiy fuqarolar bor ekan Falluja shahriga hujum qilinmaydi"


Iroqda Eron dastaklagan shia yarim harbiylari “Islomiy davlat” guruhi nazorat qilgan Falluja shahriga, u yerdan oddiy fuqarolar chiqib ketgan taqdirdagina, hujum qilishlarini ma’lum qildilar.

"Fallujada oilalar bor ekan biz u yerga bostirib kirmaymiz," dedi Iroq parlamentidagi eng yirik shia koalitsiyasining rahbari Hadi al-Amiriy.

Amiriy bu haqda 4 iyun kuni poytaxt Bag‘doddan 50 kilometr g‘arbda joylashgan Falluja tashqarisida jurnalistlarga ma’lum qildi.

Falluja 2014 yilning yanvar oyida "Islomiy davlat" tomonidan ishg‘ol etilgan Iroqdagi ilk yirik shahardir.

O‘tgan hafta Amiriy shia yarim harbiylari Falluja qamalida ishtirok etishlari, ammo shaharni ishg‘ol etishni Iroq armiyasi ixtiyoriga topshirishlarini aytgandi.

Iroqdagi ko‘plab sunniy siyosatchilar Falluja ichkarisidagi amaliyotlarda shia yarim harbiylarining ishtirok etishini istashmaydi.

Ularning ishonishicha, shia yarim harbiylarining urushga qo‘shilishi mazhablararo taranglikni yanada kuchaytiradi.

XS
SM
MD
LG