Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:15

Rossiya Tinch okeanida harbiy muvozanatning buzilishi ehtimolidan xavotirda


Rossiya Qo‘shma Shtatlarni Shimoliy Koreya yadroviy dasturidan "mintaqada harbiy-siyosiy muvozanatni o‘zgatirish uchun bahona sifatida" foydalanmaslikka chaqirdi.

"Bir davlatning boshqalar hisobiga o‘z xavfsizligini ta’minlashi juda xavflidir", deb aytdi 5 iyunda Singapurda xavfsizlik anjumanida chiqish qilgan Rossiya Mudofaa vazirining muovini Anatoliy Antonov.

U Rossiya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida havo mudofaa tizimining o‘rnatilishiga qarshi emasligini bildirdi, ammo Qo‘shma Shtatlarni "ushbu masalada dialog" olib bormayotgani uchun tanqid qildi.

Anatoliy Antonov Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi umumiy xavfsizlik tizimini ham tanqid ostiga oldi.

"Joriy mintaqaviy xavfsizlik tizimi asosan yaqin harbiy ittifoqchilar tarmog‘iga asoslangan va bu holat o‘zaro ishonch fazosini yaratishga to‘sqinlik qiladi," dedi Antonov.

XS
SM
MD
LG