Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:55

AQSh va Rossiya “Jabhatan Nusra"ga qarshi hujumlar borasida kelisha olmayapti


Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriya muammosini tez-tez muhokama qilib turishadi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriya muammosini tez-tez muhokama qilib turishadi

3 may kuni AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yana bir kelishmovchilik oshkor bo‘ldi.

Rossiya rasmiylarning iddao qilishicha, Vashington Moskvani Al-Qoidaning Suriyadagi qanotini havodan mo‘ljalga olmaslikka chaqirgan.

Telefon orqali hamkasbi Jon Kerri bilan suhbatlashgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Ular bizga [“Jabhatan Nusra”ga] hujum qilmaslikni aytishmoqda, chunki ular yonida “normal” muxolifat borligini aytishmoqda”, dedi.

Avvalroq AQSh va uning hamkorlari o‘tmishda “Jabhatan Nusra” bilan hamkorlik qilgan muxolifatchi guruhlarni jangari to‘dadan uzoqlashishga hamda unga yaqin hududlardan ketishga chorlashni o‘z zimmasiga olgan.

Bundan maqsad “Jabhatan Nusra”ga havo hujumlarini to‘siqsiz amalga oshirishdir.

Lavrov AQShning yangi talabi yuqorida aytib o‘tilgan kelishuvga zid ekanligini ta’kidladi.

“Muxolifat terroristlar pozitsiyalarini tark etishi kerak. Bu haqda allaqachon kelishib olganmiz. Terrorizm umumiy xavf bo‘lib, g‘arblik hamkorlarimizning aksari “Islomiy davlat” hamda “Jabhatan Nusra”ni engishni kechiktirish uchun hech bir bahona bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlashadi”, dedi Lavrov.

BMT “Islomiy davlat”ni hamda “Jabhatan Nusra”ni terror tashkiloti deb hisoblaydi.

AQSh va Rossiya bu ikki guruhni hujum qilishda davom eta olishi uchun ular Suriyada otashkesim o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlarda ististno o‘laroq ko‘rsatilgan.

AQSh tashqi ishlar vazirligidan Lavrov sharhlari haqida so‘ralganda vazirlik rasmiylari AQSh shunchaki Rossiyani o‘z mo‘ljallarini ehtiyotkorlik bilan tanlashga hamda fuqarolar bilan tinchlik o‘rnatish jarayonida ishtirok etayotgan muxolifatchi guruhlarni o‘qqa tutmaslikka chaqirganini aytishdi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mark Tonerning ta’kidlashicha, Kerri Lavrov bilan suhbat qilib, Rossiyani “Islomiy” davlat, “Jabhatan Nusra” va nisbatan mo‘’tadil bo‘lgan muxolifatchi guruhlarni aralashtirmaslikka chaqirgan.

“Biz ushbu umumiy gap, umumiy mavzuni keyingi haftalarda ruslarga uqtirib kelyapmiz. Tabiiyki, IShID hamda “Jabhatan Nusra” xavfsizlikka haqiqiy tahdid solishiga hammamiz ishonamiz”, dedi Toner.

“Tabiiyki, biz “Daish” yoki “Jabhatan Nusra”nigina mo‘ljalga oluvchi hujumlarni qo‘llaymiz. Ammo “Jabhatan Nusra” hamda otashkesimning boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi farqni anglash uchun qattiqroq harakat qilish, ko‘proq chora ko‘rish kerak”, deya so‘zini davom ettirdi kotib.

Tonerga ko‘ra, muxolifatchi kuchlar hamda oddiy fuqarolarga hujum qilish ularni mazkur terror guruhlarini ko‘proq qo‘llashga chorlaydi.

XS
SM
MD
LG