Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:57

Erdo‘g‘on: Armanlar masalasi yordamida Turkiyani shantaj qilishmoqchi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bir asr avval Usmonli imperiyasi armanlarni qatliom qilgan, degan ayblov Turkiyani “shantaj” qilish uchun qo‘llanilayotganini ta’kidladi.

Erdo‘g‘onning bu chiqishidan ikki kun avval Germaniya parlamentining quyi palatasi armanilarning 1-jahon urushi davrida Usmonli imperiyasi tomonidan qirg‘in qilinishini genotsid deb tan oluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Bu yerda masala armanlar emas. Ularni shunchaki manipulyatsiya qilishmoqda. Butun dunyo bo‘ylab armanlar masalasidan Turkiyani shataj qilish uchun qulay vosita o‘laroq foydalanishadi”, dedi prezident.

Arman masalasi bo‘yicha qarashimiz boshidan beri ayon: biz hech qachon genotsid ayblovlarini tan olmaymiz”, deya qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘on.

1-jahon urushi yillarida usmonli turklar tomonidan 1,5 millionga yaqin armanning qatliom qilingani va surgun qilinganini ko‘plab tarixchilar, bir necha davlatlar genotsid deb tan olgan.

Turkiya halok bo‘lgan armanlarning soni aslida ancha oz bo‘lganini, ular Usmonli imperiyasining rejalashtirilgan harakatlari natijasida emas, balki fuqarolar o‘rtasidagi janglar natijasida o‘lganini ta’kidlab, genotsid ayblovlarini rad etib keladi.

2 iyun kuni Germaniya qatliomni genotsid deb tan olgan 23-davlat bo‘ldi. Qabul qilingan ramziy hujjatda 1915-1916 yillarda 1,5 millionga yaqin arman va boshqa nasroniylarning qirib tashlanishini genotsid sifatida xotirlash lozimligi aytiladi.

Germaniyaning bu qadami Turkiya rasmiylarini g‘azablantirdi. Ular rezolyutsiya Germaniya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy putur yetkazishi haqida ogohlantirishmoqda. Turkiya rezolyutsiya qabul qilinishi ortidan Berlindagi elchisini chaqirtirib oldi.

Erdo‘g‘on 4 iyungi chiqishi davomida Turkiyaga adolatli yondashilmasa, mamlakat Yevropa muammolarini hal qilishga yordam bermasligi haqida ohohlantirdi. Aftidan, bu bilan prezident migrantlar inqirozi yuzasidan erishilgan kelishuvni nazarda tutdi.

Yoki muammolarimizga adolat bilan yechim topamiz, yoki Turkiya Yevropa muammolari yo‘lidagi to‘siq bo‘lishni bas qiladi”, dedi Erdo‘g‘on.

Turkiya gazetalarida chop etilgan maqolalarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Germaniya “muhim do‘stidan” ayrilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Prezident Bundestag ovozi Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi masala bo‘lib, Yevropa Ittifoqi bilan muhojirlar yuzasidan erishilgan kelishuvga ta’sir qilmasligini ta’kidlagan.

Shunday bo‘lsa-da, Erdo‘g‘on Yevropani o‘z majburiyatlarini yaxshi bajarmayotgani uchun tanqid qilib, shartnomani haliyam to‘xtatish mumkinlgini aytdi.

XS
SM
MD
LG