Линклар

5 iyunda Afg‘oniston sharqidagi Lo‘gar viloyatida mahkama binosiga qilingan qurolli hujumda bosh prokuror va yana to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Lo‘gar viloyati politsiya boshlig‘ining muovini Nisor Ahmad Abdul Rahimzayning aytishicha, hujumni sodir etgan uchchala hujumchi ham xavfsizlik kuchlari tomonidan otib tashlangan.

Puli Alimdagi mahkama binosiga hujum ishga yangi tayinlangan bosh prokuror Akram Najot aholiga tanishtirilayotgan paytda yuz bergan.

Xabarlarga ko‘ra, hujum paytida yana 19 kishi jarohat olgan.

Tolibon hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

O‘tgan oy olti nafar isyonchi, jumladan to‘rt tolib qatl etilishi ortidan jangarilarning adliya xodimlariga hujumi kuchaydi.

May oyi oxirida Kobuldan Vardak viloyatiga adliya xodimlarini olib borayotgan avtobusda sodir etilgan xudkushlik hujumida 10 kishi halok bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG