Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:07

Qozog‘istonning Aktobe shahrida otishma bo‘ldi, qurbonlar bor


Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Aktobedagi otishma ga oid videodan surat
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Aktobedagi otishma ga oid videodan surat

Qozog‘istonning Aktobe shahrida qurol-yarog‘ do‘konini o‘margan jinoyatchilar bilan politsiya o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Norasmiy xabarlarga ko‘ra, kamida 2 odam o‘lgan, jinoyatchilar bir necha odamni garovga olgan. Qozog‘iston IIV otishma bo‘lganini tasdiqladi, ammo qo‘shimcha ma’lumotlar bermadi. Ozodlikka so‘zlagan guvohlardan biri aholi ko‘chaga chiqarilmayotgani, shaharni politsiya bosganini aytdi.

Qozog‘iston sharqidagi Aktobe shahrining bir necha qismida 5 may kuni kunduzgi soat 2 dan keyin otishma sodir bo‘ldi.

Qozoq matbuoti bergan xabarga ko‘ra, yoshi 24-30 atrofida bo‘lgan bir necha shaxs shaharning 5-mikrorayonidagi Jankoja botir ko‘chasida joylashgan qurol-yarog‘ magaziniga o‘g‘irlikka tushgan, keyinchalik shahardagi harbiy qism yonida bir necha odamni garovga olgan.

Bundan tashqari, shahardagi Ilekskiy politsiya bo‘limiga ham hujum uyushtirilgani, bu yerda bo‘lgan otishmada 2 politsiya xodimining otib tashlangani aytilmoqda.

Aktobe politsiya bo‘limi Ozodlik qozoq xizmati murojaatiga javoban noma’lum shaxslar va politsiya o‘rtasida otishma bo‘lganini tasdiqladi, ammo boshqa ma’lumot bermadi.

Ayni paytda hodisa guvohlarining ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan videolarda ketma-ket o‘q ovozlari hamda shaharga yoyilgan politsiya xodimlari, IIV maxsus kuchlari askarlari aks etgan.

Ayrim guvohlar hozirga qadar 3 shaxs qo‘lga olinganini aytmoqdalar. Qozog‘iston IIV ijtimoiy tarmoqlarda qo‘lga olingan shaxslar haqida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan biror bir izoh bergani yo‘q.

Tengrinews.kz sayti Aktobening uchta tumanida jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot borayotganini xabar qilmoqda. Hozircha, Aktobedagi otishma sabablari va uni sodir etgan shaxslar haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

​Ozodlik voqealar rivojini kuzatmoqda, yangiliklar uchun saytimizda qoling!

XS
SM
MD
LG