Линклар

logo-print

Rasmiy Tehronning terrorizmga homiylik qilayotgani haqidagi Qo‘shma Shtatlar ayblovini Eron rad etdi.

Rasmiy Tehronga ko‘ra, u "ishg‘ol etilgan millatlarning mashru’iy kurashini" qo‘llab-quvvatlaydi xolos.

Eron Tashqi ishlar vazirining so‘zchisi Husayn Ansoriyning bunday izohi 5 iyun kuni AQSh Davlat Departamenti Eronni terrorizmga homiylik qilayotgan asosiy davlat, deb atashi ortidan yangradi.

AQSh Davlat Departamentining yillik hisobotida Tehronning Suriya, Iroq va Bahrayndagi mojarolarga o‘tin qalayotgani ta’kidlanadi.

Ansoriyning aytishicha, aksincha, Qo‘shma Shtatlar harbiylari Iroq, Afg‘oniston, Suriya, Liviya va Yamandagi terrorchi guruhlarga xomiylik qilmoqda.

Uning ilova qilishicha, Vashington "Saudiya Arabistoni va boshqa ittifoqchilarining (terrorizmni) siyosiy va moliyaviy jihatdan dastaklayotganiga ko‘z yumadi."

U Qo‘shma Shtatlarning Isroilni dastaklashini ham qoraladi va Tehronning Falastindagi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, mazkur guruhlar Isroil ishg‘oliga qarshi qarshilik ko‘rsatishga haqli ekanini aytdi.

XS
SM
MD
LG