Линклар

Muhammad Ali oilasi marhum bokschining janozasi kelgusi juma kuni Lyuisvil shahrida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Ali oilasi tarqatgan bayonotda "dunyoning turli nuqtalaridan kelganlarning barchasi" janozada qatnashishi mumkinligi ta’kidlanadi.

O‘ta og‘ir vazndagi professional bokschilar orasida uch karra sobiq jahon chempioni bilan xayrlashuv marosimda AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton nutq e’rod qilishi kutilmoqda.

Afsonaviy bokschi o‘tgan juma kuni 74 yoshida uzoq davom etgan Parkinson kasalligidan vafot etgandi.

Bokschi o‘zi tavallud topgan Lyuisvilldagi qabristonda tuproqqa qo‘yilishi e’lon qilingan.

Oilasi Alining Islom ahkomlariga ko‘ra ko‘milishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG