Линклар

O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi muovini Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston poytaxtiga safar qilmoqda. 7 iyun kuni Bishkekda MDHga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalangan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda hukumat rahbarlari MDH doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishlari kerak. Bundan tashqari, o‘zbek delegatsiyasi u yerda ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazish niyatida.

Bishkekdagi yig‘ilishda Rossiya, Belarusь, Qozog‘iston, Tojikiston va Moldovadan bosh vazirlar, Ozarbayjon, Armaniston, Turkmaniston va O‘zbekistondan bosh vazir o‘rinbosarlari, Ukraina elchisi va MDH ijroiya qo‘mitasi raisi ishtirok etishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG