Линклар

logo-print

Qozog‘iston senati raisi Qasimjo‘mart To‘qaev Twitter mikroblogidagi o‘z sahifasida Aqto‘beda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan sharh qoldirdi.

“Muborak Ro‘za arafasida Aqto‘beda sodir etilgan terror xuruji banditlarning favqulodda surbetligi va shafqatsizligi nishonasidir. Ularni jazolash bo‘yicha eng ayovsiz choralar ko‘rilmoqda”, deb yozadi To‘qaev.

Aqto‘be viloyat hokimi Berdibek Saparbaev xotirjamlikni saqlash chaqirig‘i bilan mintaqa aholisiga murojaat qildi. “Reja bo‘yicha aksilterror amaliyoti olib borilmoqda. Sizni ishontirib aytamanki, vaziyat to‘laligicha nazorat ostida. Hozir paytda vaziyat barqaror”, deya iqtibos keltiradi viloyat hokimi so‘zlaridan “Aqto‘be aqparat” xabar markazi.

5 iyun kuni Aqto‘beda noma’lum shaxslar Milliy gvardiya harbiy qismi va qurol-aslaha do‘konlariga qurolli hujum uyushtirganlar. Voqea chog‘ida qurbon bo‘lganlar va yaralanganlar bor. Hozirda do‘kon sotuvchisi, bir zobit va bir askar o‘lgani aytilmoqda. Yaralanganlarning aksariyati harbiylardir. Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, maxsus amaliyot chog‘ida hujumchilardan to‘rt kishi o‘ldirilgan, ikki nafari yarador qilingan, yetti kishi qo‘lga olingan, boshqa bir necha gumonlanuvchi esa yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG