Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:33

Falluja yaqinida 400 kishilik qabr topildi


Iroqda hukumat qo‘shinlari “Islomiy davlat” guruhi nazorati ostidagi Falluja shahri yaqinida 400 chog‘li odam ko‘milmish qabr topishgan. Bu haqda ma’lum qilgan hukumatdagi anonim manbalarga ko‘ra, qabrdan topilganlarning aksariyati ekstremistlar tomonidan qo‘lga olinib, qatl etilgan harbiylardir.

Frans-press agentligi manbasi mozor hududni minalardan tozalash chog‘ida topilganini bildirdi. Uning aytishicha, qabrdan topilganlar orasida tinch aholi vakillari ham bo‘lgan.

Anbar viloyat mulozimlaridan biriga ko‘ra, tinch aholi vakillari josuslikda gumonlangani yoki IShID tartib-qoidalarini buzgani sababli qatl etilgan.

Iroq qo‘shinlari AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya uchoqlari dastagida Fallujaga hujumni ikki hafta muqaddam boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda ular shaharning janubiy qismi ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganlar.

XS
SM
MD
LG