Линклар

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim politsiyasi plyajda attraktsionlar qurilishiga qarshi chiqqan mahalliy fuqarolar norozilik namoyishini tarqatib yubordi. Ular bu qurilishlar tufayli dengizga tushish imkoniyatlari cheklanayotganidan norozilik bildirayotgandilar.

Alushtadagi bu namoyish Qrim rasmiylari tomonidan “ruxsat etilmagan miting” o‘laroq baholanib, tadbir ishtirokchilari politsiya tomonidan tutib ketilgan. Ular orasida deputat Pavel Stepanchenko ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, norozilar olomoni hukmron “Yedinaya Rossiya” partiyasiga qarshi shiorlarni qichqirib aytganlar va huquq-tartibot idoralari xodimlarini “banderachilar” deb ataganlar. Bu atama Rossiyada ukrain millatchilariga qarshi qo‘llaniladi.

Ko‘p o‘tmay, deputat Stepanchenko qo‘yib yuborilgan. Norozilik tadbirining uch ishtirokchisiga ruxsat etilmagan yig‘ilishda qatnashganlik va politsiyaga qarshilik ko‘rsatganlik bo‘yicha ayblov bildirilgan.

XS
SM
MD
LG