Линклар

Yakshanba kuni Tolibon jangarilari Afg‘oniston sharqidagi Logar viloyatida sud binosiga uyushtirgan hujum oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Ular orasida endigina viloyat prokurori etib tayinlangan Muhammad Akram Najot ham bor.

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi hujum chog‘ida 21 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Hujum uchun mas’uliyatni Tolibon harakati zimmasiga olgan.

Logar viloyat politsiyasi boshliq o‘rinbosari Nisor Ahmad Abdul Rahimzayga ko‘ra, 5 iyundagi hujumni uyushtirgan jangarilarining uchchalasi ham o‘ldirilgan.

Viloyat gubernatori Muhammad Halim Fidoiyning Frans-press agentligiga aytishicha, sud binosiga kirib, odamlarni o‘qqa tutgan jangarilar politsiya kiyimida bo‘lganlar.

“Taassufki, yetti kishi o‘ldirildi, jumladan, yaqinda prokuror etib tayinlangan, Muhammad Ahmad Najot ham”, dedi gubernator Fidoiy.

XS
SM
MD
LG