Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:10

Toshkentda kvartiralar bir oyda o‘rtacha 2 foizga arzonladi


May oyida Toshkent ikkilamchi bozorida kvartiralarning bir kvadrat metri o‘rtacha 609 dollardan sotilgan. Bu aprel oyidagi narxga nisbatan 2 foizga kamdir. Bu haqda Gazeta.uz sayti CREDO MAX ESTIMATION baholash tashkiloti ma’lumotiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan oy poytaxtdagi beton uylarning bir kvadrati o‘rtacha 574 dollardan (aprelda 590 dollar edi), g‘ishtli uylar kvadrati esa 652 dollardan (aprelda 663 dollar edi) sotilgan. Bu beton uylar apreldagiga nisbatan 3 foizga, g‘ishtin uylar esa 2 foizga arzonlaganini anglatadi.

Kvartiralar narxining arzonlashi Toshkentning 11 mavzeidan 8 tasida kuzatilgan. Olmazor, Mirobod va Yunusobod mavzelarida esa kvartiralar narxi aksincha biroz ko‘tarilganini kuzatish mumkin.

XS
SM
MD
LG