Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:26

Polshada NATOning harbiy mashqlari boshlandi


Bugun Polshada NATOning keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.

"Anakonda-16" nomli ushbu tadbirda 24ta davlatdan jami 31 ming harbiy ishtirok etadi.

Polsha Mudofaa vaziri o‘rinbosari Bartlomey Grabskiy NATOning ushbu tadbirini mamlakat tarixidagi eng katta harbiy mashg‘ulot deya atadi.

"Mashg‘ulotlar mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, zamonaviy dunyo xavflariga javob berish maqsadini o‘ziga qamragan. Natijada biz hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan birgalikda harakat qilishga qanchalik tayyorligimiz ma’lum bo‘ladi", dedi Grabskiy.

O‘quv mashg‘ulotlari Polshaning barcha harbiy poligonlarida 10 kun davomida o‘tkaziladi.

XS
SM
MD
LG