Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:24

Peterburgda "Qodirov ko‘prigi"ga qarshi norozilik bildirilayapti


Sankt-Peterburg va Moskvada joylashgan ikki ko‘prik nomini o‘zgartirish rejasi rasmiylar bilan mahalliy aholi o‘rtasida tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Sankt-Peterburgda rasmiylarning shahar ko‘priklaridan biriga Ramzan Qodirovning otasi ismini berish qarori shaharliklar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

1990 yillarda Ramzan Qodirov ham, uning otasi Ahmad Qodirov ham ruslarga qarshi ayirmachilik jangini olib borgan. Ammo keyinroq ular ruslar tarafiga o‘tgan. Ahmad Qodirov 2003 yil Checheniston prezidenti etib tayinlangan. Oradan bir yil o‘tib o‘ldirilgan.

Sankt-Peterburgning g‘azablangan turg‘unlari namoyishga chiqib, Qodirovlarning birortasining ham Sankt-Peterburgga aloqasi yo‘q ekanligini aytishmoqcha. Navbatdagi namoyish 6 iyun kuniga belgilangan.

Rasmiylar qaroriga qarshi onlayn arzni allaqachon 74 mingdan oshiq odam imzoladi.

Sankt-peterburglik san’atkorlar, jumladan, taniqli rejissyor Aleksandr Sokurov hamda aktyor Oleg Basilashvililar ko‘prik nomi o‘zgartirilishiga qarshi chiqishdi.

Inson huquqlarining poymol qilinishi

Sokurov ko‘prikka qonli mojarolarda ishtirok etgan shaxs nomini berish yaxshi emasligini aytdi.

“Birinchi chechen urishi davomida aynan shu shaxs chechenlarni jihodga chorlab, iloji boricha ko‘proq ruslarni o‘ldirishga chaqirganini unutmasligimiz kerak. Mazkur urushda o‘lgan yuzlab odam bizning shahrimizda ko‘milgan. Bu yerda yashaydiganlarning ko‘pi hali buni esdan chiqargani yo‘q”, deb yozdi Sokurov.

Ramzan Qodirovni esa Chechenicton tashqarisida oz odam qo‘llaydi. Ko‘pchilik Chechenistonda inson huquqlarining jiddiy tarzda buzilishi, jumladan, odam o‘g‘irlashlar, bedarak yo‘qolishlar, qiynoqlar va siyosiy raqiblarning o‘ldirilishida Qodirovning qo‘li borligini aytib keladi.

Qodirov Rossiyada ko‘p xotinlilikni qonuniylashtirishga chaqirib keladi. Chechen prezidenti Insagramdagi sahifasida o‘zining mashq qilayotgani, turli hayvonlar bilan o‘ynayotgani, Putin rasmi tushirilgan futbolkalarni kiyib olgani tasvirlangan suratlarni yuklashni xush ko‘radi.

Bir guruh Sankt-Peterburg turg‘uni ko‘prikka shoira Anna Axmatova nomini berishni taklif qiloqda.

Ahmad Qodirovdan farqli o‘laroq, Anna Axmatova Sankt-Peterburgda uzoq yillar yashagan va o‘sha yerda vafot etgan.

Uning birinchi turmush o‘rtog‘i Nikolay Gumilyovni sovet maxfiy politsiyasi 1921 yil o‘ldirgan. Axmatovaning o‘g‘li bir necha yil gulag lagerlarida yurgan. Fuqaroviy turmush o‘rtog‘i Nikolay Punin esa 1953 yil gulag lagerlaridan birida halok bo‘lgan.

Faollar ko‘prik oldida Axmatova she’rlaridan olingan misralar bilan suratga tushib, boshqalarni ham shunday qilishga chaqirmoqda.

Sankt-Peterburgning joy va inshoot nomlarini nomlash komissiyasi o‘z fikridan qaytmasligini bildirdi.

“Nemsov ko‘prigi”

Moskvada esa faollar rasmiylar bilan muxlolifatchi Boris Nemsov o‘ldirilgan ko‘prik yuzasidan tortishmoqda.

Nemsov tarafdorlari Kreml yaqinida joylashgan Moskvoretskiy ko‘prigini “Nemsov ko‘prigi” deb atashadi.

Ammo ko‘prikka rasman Nemsov nomini berishga qaratilgan harakatlar natija bergani yo‘q.

Ko‘prikda Nemsov xotirasiga qo‘yilgan gulchambar, surat va yozuvlar muntazam ravishda vandalizm qurboni bo‘lib turadi.

Rasmiylar ko‘prikda Nemsov xotirasiga esdalik yoki uning nomi yozilgan taxtacha o‘rnatishga qaratilgan chaqiriqlarni ham rad etib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG