Линклар

Iordaniya poytaxti Amman shahri shimolida joylashgan qochqinlar lageriga qilingan hujum oqibatida lager xodimlaridan besh nafari halok bo‘ldi.

Mahalliy matbuot hujumni terakt o‘laroq izohlamoqda.

70 mingdan ziyod falastinlik qochqinlar yashayotgan lagerga hujum bugun ertalab tonggi soat ettilarda sodir etilgan.

Iordaniya qo‘shnilari Iroq va Suriyaga nisbatan barqaror davlat hisoblanadi.

Mart oyida Iordaniya hukumati IShID jangarilarining hujumi oldi olingani va 7 nafar janggari o‘ldirilganini xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG