Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:27

Afg‘onistondagi otishmada amerikalik jurnalist halok bo‘ldi


Kecha Afg‘onistondagi otishma payti NRP- AQShning Milliy jamoatchilik radiosi muxbiri Devid Jilkey va uning tarjimoni, afg‘onistonlik Zabihulloh Tamanna halok bo‘ldi.

NRP ma’lumotiga ko‘ra, voqea Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyati Marja shahrida sodir bo‘lgan.

Jilkey bilan birga bo‘lgan amerikalik yana ikki jurnalist otishma payti hech qanday talafot ko‘rmagan.

Fotograf, video redaktor bo‘lgan Devid Jilkey Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy amaliyotlarni yoritib kelgan.

50 yashar Jilkey Amerikaning Emmy telemukofoti sovrindori bo‘lgan.

"Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi" ma’lumotiga ko‘ra, 2001 yilda AQSh Afg‘onistonda harbiy amaliyotlarni boshlaganidan buyon bu yerda jami 26 jurnalist halok bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG