Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:29

Fransiyada chempionat xavfsizligiga 90 ming kishi jalb qilinadi


Fransiya Prezidenti Fransua Olland futbol bo‘yicha Yevropa chempionati payti terroristik hujumlar xavfi borligini tan oldi.

Olland fuqarolarini hech narsadan qo‘rqmaslikka chaqirib, mamlakatning 10 ta shahrida chempionat payti xavfsizlikni ta’minlash uchun 90 mingdan ziyod xavfsizlik xizmati xodimi ishlashi rejalanganini ma’lum qildi.

“Yevro-2016” o‘yinlari Parijda 10 iyunь kuni boshlanadi. Bu musobaqalarda ikki million atrofida tomoshabin qatnashishi kutilmoqda.

13 noyabrda Parijda amalga oshirilgan terroristik hujumlardan so‘ng Yevropa davlatlarida xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar saqlanib qolmoqda.

Islomiy davlat janggarilari o‘z tarafdorlarini Ramazon oyida butun dunyo bo‘ylab terrorchilik hujumlarini kuchaytirishga chaqirdi

XS
SM
MD
LG