Линклар

Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimlari Polsha bilan chegaradagi Yagodin tumani hududida qo‘lga olgan fransiyalik fuqaro "Yevro-2016" chempionati payti 15 ta terrorchilik hujumi uyushtirishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda.

Bu haqda Kievda o‘tgan brifing payti SBU milliy xavfsizlik xizmati raisi Vasiliy Gritsak ma’lum qilgan.

Gritsakka ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs o‘tgan yil dekabridan buyon kuzatib kelingan. Gumondor 5 ta Kalashnikov avtomati, ikkita granata otuvchi qurol, 5000 mingtacha o‘q, 100ta detonator va 125 kilogramm TNT (trinitrotoluol) portlovchi moddasi bilan qo‘lga olingan.

Gumondor masjid, sinagog kabi jami 15 ta ob’ektni portlatishni rejalashtirgani aniqlangan.

XS
SM
MD
LG