Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:23

OzodlikOnline: O‘zbekiston hukumati iftorlikni nega taqiqlaydi?


AQSh Prezidenti Barak Obama har yili Oq uyda ro‘za tutuvchilarga iftor beradi.
AQSh Prezidenti Barak Obama har yili Oq uyda ro‘za tutuvchilarga iftor beradi.

Ramazon oyida Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya kabi g‘arb davlatlari hukumatlari o‘z mamlakatlaridagi musulmonlar uchun iftorliklar uyushtiradi. Aholisining 90 foizidan oshig‘i musulmon bo‘lgan O‘zbekiston hukumati iftorlikni nega taqiqlaydi? OzodlikOnline eshittirishining 7 iyun, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan sonida ana shu haqda gaplashamiz.

Jonli muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari, shuningdek, WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420.724.971.539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

O‘zbekistonda bu yilgi Ramazon oyida ham ro‘za tutuvchilarga iftor berishga cheklov qo‘yildi. Umumiy ovqatlanish muassasalari, masjidlar va hatto odamlarning o‘z uylarida iftorlik berishi hukumat tarafidan taqiqlandi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi hukumatga bunday taqiqni joriy etishni tavsiya qilganini Ozodlik bilan suhbatda tan oldi.

Idora rasmiylari “Payg‘ambarimiz zamonlarida saharlik qilib, og‘iz ochishga ovqat topolmay qoladigan odamlarga atab iftor qilingan”, degan vajlar bilan bugungi kunda iftor berish bid’at bilan barobar ekanini iddao qilishmoqda.

O‘zbekistonda yillardan beri Ramazon oyi ibodatlarini bajarishga cheklovlarni joriy qiladi. Lekin diniy idora bunday tavsiya berganini birinchi marta tan olmoqda.

Ayni paytda, 6 iyun kuni Ramazon oyi boshlanishi bilanoq dunyoning turli mamlakatlari, jumladan aholilarining aksari boshqa nasroniy va boshqa din vakillari bo‘lgan mamlakatlarda ham iftor berishga Islom dinidagi muqaddas oyning asosiy amallarida biri, deb qarashadi.

Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan britaniyaliklarga qilgan murojaatida “Ramazon oyida masjidlar o‘z eshiklarini ochadi, jamoatchilik markazlari o‘z qo‘o‘shnilarini qutlaydi va hamtto cherkov va sinagogalar og‘iz ochayotgan musulmonlar uchun eshiklarini ochadi... Britaniya va butun dunyodagi xalqlarga Ramazon oyi muborak bo‘lsin”, deya bildirdi.

Ramazon oyida Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya kabi g‘arb davlatlarida turli musulmon jamoalaridan tashqari, hukumatlar o‘z mamlakatlaridagi musulmonlar uchun iftorliklar uyushtiradi.

Aholisining 90 foizidan oshig‘i musulmon bo‘lgan O‘zbekiston hukumati iftorlikni nega taqiqlaydi?

OzodlikOnline eshittirishining navbatdagi sonida ana shu haqda gaplashamiz.

Bu suhbatda o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirish uchun 7 iyun, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05da boshlanadigan interaktiv muloqotda qatnashing.

Jonli muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari, shuningdek, WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420.724.971.539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG