Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:37

O‘zbekistonda havo harorati +40 dan oshishi taxmin qilinmoqda


O‘zbekistonda yaqin kunlarda havo haddan ziyod isib, ayrim viloyatlarda harorat hatto +44 darajagacha chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston ob-havoni kuzatish markazi ma’lumot tarqatdi.

O‘zgidrometga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab issiq va quruq havo saqlanib qoladi. Havo harorati Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +44 darajagacha chiqishi mumkin.

Dushanba kuni Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysining uch viloyatida kunduzi harorat +35...+40 daraja atrofida bo‘lgan.

Bir tomondan saraton, ikkinchi tomondan Ramazon ro‘zasi jaziramada ishlashga majbur bo‘layotgan xizmatchilar salomatchiligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi taxmin qilish qiyin emas. Ayni paytda O‘zbekistonda me’yordan ortiq - ekstremal issiq harorat payti ishchi-xizmatchilar uchun engillikni ko‘zda tutuvchi biror-bir normativ hujjat yo‘qligi aytiladi.

XS
SM
MD
LG