Линклар

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati idorasi eshiklarini yoqib yuborgani uchun prokuror suddan aktsionist Petr Pavlenskiyni qamoqqa yo‘llash emas, katta miqdorda jarima to‘latishni so‘radi.

Pavlenskiy o‘tgan yil noyabrida “Xavf” deb nomlangan performansini namoyish qilish chog‘ida FXXning yog‘ochdan yasalgan bahaybat eshigiga benzin quyib, yoqib yuborgandi. Unga madaniy yodgorlikka shikast yetkazganlik ayblovi qo‘yilgan. Pavlenskiyning aybi isbotlangan taqdirda u uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Prokuror Anton Sizov hakamdan Pavlenskiyga 2 million rubl miqdorida jarima belgilashni so‘ragan. FXX vakili ham yetkazilgan zararni qoplash uchun Pavlenskiy qariyb 482 ming rubl to‘lashi lozimligini bildirgan.

Bu ish bo‘yicha qaror 8 iyun kuni chiqarilishi kutilmoqda.

Rossiyada siyosiy erkinliklar cheklanishiga qarshi aksiyalari bilan tanilgan Petr Pavlenskiy yaqindagina o‘zbekistonlik fotojurnalist Umida Ahmedova va eronlik karikaturachi Atena Farhadoniy bilan birgalikda Vatslav Havel nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG