Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:51

Rossiya Ramazonning ilk kunida Suriyada havo amaliyoti o‘tkazganini rad etmoqda


Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z harbiy uchoqlari 6 iyun kuni Suriyada havo hujumlari o‘tkazmaganini bildirdi. Dushanba kuni berilgan havo zarbalari chog‘ida 17 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan. Kamida yetti nafar bola umriga zomin bo‘lgan bu hujumlar muborak Ramazon oyining ilk kuniga to‘g‘ri kelgan.`

Qarorgohi Londonda bo‘lgan Suriya inson huquqlari observatoriyasi mamlakat sharqidagi ash-Shaara shahriga havo zarbalari Rossiya yoki Suriya hukumat uchoqlari tomonidan berilganini taxmin qilgan.

Biroq Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkov Interfaks agentligiga rus uchoqlari 6 iyun kuni hech qanaqa jangovar topshiriq bajarmaganini ma’lum qilgan.

Ayni paytda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Halab shahri atrofida Bashar Assadga sodiq kuchlarga havodan “faol dastaklash”ga va’da bergan. Turkiya chegarasiga yaqin yerda joylashgan bu shaharda shanba-yakshanba kunlari ayovsiz janglar bo‘lib o‘tgan va bu janglar o‘nlab odam umriga zomin bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG