Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:55

Turkmanistonliklar elektr, gaz va suvni tekinga olish imtiyozidan mahrum bo‘lishi mumkin


Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov aholiga berilgan ijtimoiy imtiyozlarni asta-sekinlik bilan bekor qilish zarur, degan fikrda. Bu haqda u o‘tgan hafta yakunida o‘tkazilgan hukumat majlisida bildirgan.

“Mustaqillikning dastlabki yillarida aholi turmushini yengillashtirish maqsadida qabul qilingan qonunlarni asta-sekinlik bilan o‘zgartirish kerak. Bugungi kunda xalqimizning turmush darajasi juda yuqori va bu imtiyozlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda”, dedi jumladan prezident Berdimuhammedov.

Aholiga elektr energiyasi, gaz, tuz va suvni tekinga berish haqidagi qonun 1993 yili Turkmanistonda o‘n yilga qabul qilingandi. Ayni paytda tekinga beriladigan tovarlar uchun cheklovlar joriy qilingan. Jumladan, elektr energiyasi oyiga kishi boshiga 35 kVt/soat qilib belgilangan, elektr xarajati bu ko‘rsatkichdan oshsa, iste’molchi pul to‘lashi kerak bo‘lgan. 2003 yili qonunning amal qilish muddati 2020 yilgacha uzaytirilgan.

2006 yili sobiq prezident Saparmurod Niyozov Turkmanistondagi uglevodorov zahiralari 250 yilga yetishini aytib, qonunning amal qilish muddatini 2030 yilgacha cho‘zib qo‘ygandi. Niyozovdan so‘ng davlat rahbari kursisiga o‘tirgan Berdimuhammedov salafi tomonidan joriy qilingan ijtimoiy imtiyozlarni bosqichma-bosqich bekor qilish yo‘lidan bormoqda.

Turkmanistonda shu kunda eng kam ish haqi miqdori 590 manat yoki taqriban 168 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

XS
SM
MD
LG