Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:20

Issiqko‘ldagi o‘zbek pansionatlari hozircha hech qaysi vazirlikka o‘tkazib berilmaydi


O‘zbekistonga qarashli “Dilorom”, “Rohat”, “Oltin qum” va “Bo‘ston” pansionatlarini ro‘yxatga olish ishlari yakunlanmagunicha, Qirg‘iziston Davlat mulkini boshqarish jamg‘armasi bu ob’ektlarni hech qaysi vazirlik balansiga o‘tkazib bermaydi. Bu haqda Tazabek nashri jamg‘armadagi o‘z manbalariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Nashr manbalari o‘zbek pansionatlari bo‘yicha hukumat topshirig‘ini bajarish doirasida hozirda mazkur to‘rt ob’ektni tegishli idoralarda ro‘yxatga olish ishlari olib borilayotganini bildirganlar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 4 aprelida Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi bosh vaziri Temir Sariev O‘zbekiston pansionatlarini Qirg‘iziston ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risida qaror imzolagan edi. Bu qarordan so‘ng Qirg‘iziston Davlat mulkini boshqarish jamg‘armasi mas’uli Bishkek pansionatlar uchun Toshkentga tovon puli to‘lamasligini bildirgan.

Avvalroq deputat Uzarbek Jilqibaev parlament majlisida ayrim vazirliklar Issiqko‘ldagi o‘zbek pansionatlarini o‘z balansiga o‘tkazib berilishini so‘rayotganini bayon qilgandi.

XS
SM
MD
LG