Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:24

Turkiya: Istanbulning sayyohlar gavjum mavzeida portlash sodir bo‘ldi


Istanbul shahrining sayyohlar gavjum Boyazid mavzeida avtobus bekati yonida portlash sodir bo‘ldi. CNN Turk telekanali portlashdan 14 kishi jabrlangani haqida xabar qiladi. Haberturk nashri esa hatto ikki kishi halok bo‘lgani haqida yozdi.

Guvohlarga ko‘ra, portlash 7 iyun kuni ertalab bekat oldidan politsiya avtobusi o‘tib ketayotgan paytda sodir bo‘lgan. Avtobus o‘tayotgan paytda yo‘l chetida turgan va ichiga bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatilgani aytilmoqda.

Portlash uchun mas’uliyatni hozircha hech kim zimmasiga olgani yo‘q.

Turkiyada so‘nggi paytlarda rasmiylar tomonidan terror xuruji o‘laroq malakalangan qator portlashlar sodir bo‘ldi. Anqara, Istanbul va Diyorbakirda sodir bo‘lgan portlashlar shular jumlasidandir.

Turk rasmiylariga ko‘ra, bu portlashlar asosan Kurdiston ishchi partiyasiga mansub radikallar yoki “Islomiy davlat” guruhi jangarilari tomonidan amalga oshirilgan.

XS
SM
MD
LG