Линклар

logo-print

Istanbulda avtobus bekati yonida portlash ro‘y berdi. Guvohlarga ko‘ra, bugun ertalab shaharning Boyazid maydonidagi ko‘chadan politsiyachilar mingan avtomobil o‘tayotgan vaqtida bomba portlagan.

Politsiya portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani, o‘ttizdan ortiq odam yaralanganini bildirdi.

Portlashdan so‘ng hududda otishma ovozlari ham eshitilgan. Hozircha hech bir guruh portlashga mas’uliyatni olgan emas.

XS
SM
MD
LG