Линклар

Turkiya prezidenti Rejap Tayyip Erdo‘g‘on bugun Istanbuldagi portlashdan jabr ko‘rgan vatandoshlarini kasalxonaga borib ziyorat qildi.

Ziyorati so‘nggida Erdo‘g‘on Istanbuldagi avtobus bekati yonida sodir etilgan portlashlar ortida Kurdiston Ishchi partiyasi turganini aytdi.

Turkiya rahbari o‘z chiqishida mamlakati terrorizmga qarshi ohirigacha kurashishini ta’kidladi.

Istanbulda bugun ertalab shaharning Boyazid maydonidagi ko‘chadan politsiyachilar mingan avtomobil o‘tayotgan vaqtida bomba portladi.

Politsiya portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani, o‘ttizdan ortiq odam yaralanganini bildirdi.

Portlashdan so‘ng hududda otishma ovozlari ham eshitilgan. Hozircha hech bir guruh portlashga mas’uliyatni olgan emas.

XS
SM
MD
LG