Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:37

Toshkentda meva-sabzavot xalqaro yarmarkasi o‘tkaziladi


O‘zbekiston hukumati mamlakatda har yili xalqaro meva va sabzavot maxsulotlari yarmarkasini o‘tkazish niyatida.

Paxta yarmarkasiga o‘xshash tadbir bu yil 12-14 iyul kunlari Toshkentda o‘tkaziladi.

Ushbu yarmarka meva-sabzavot maxsulotlariga xorijdan haridor topish va uni eksportini oshirish maqsadida tashkillashtirilmoqda.

Aprel oyida O‘zbekiston prezidenti Islom Karmov Moskvaga safar qilgan va Rossiyaga o‘zbek meva-sabzavotlari importini oshirishni taklif qilgandi.

Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda har yili meva-sabzovotlardan 18 million tonnaga yaqin hosil olinadi.

Yiliga O‘zbekiston 1,5 million tonnagacha meva-savbzovot mahsulotlarini 40dan ziyod mamlakatga eksport qiladi.

Qishloq-xo‘jalik sohasida asosan paxta yetishtirib kelgan O‘zbekiston keyingi yillarda meva-sabzovot ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqda.

XS
SM
MD
LG