Линклар

Peterburgda tuhmatga qolgan o‘zbek politsiya ta’qibidan himoya izlamoqda


Sankt Peterburgda o‘zbek migrantlari, illyustrativ surat

Sankt Peterburgda o‘zbek migrantlari, illyustrativ surat

Rossiyaning Sankt-Peterbursh shahridan Ozodlikka bog‘langan samarqandlik mehnat muhojiri Sardor o‘zi yashab turgan uydan 280 ming rublni o‘g‘irlashda nohaq ayblanayotganidan shikoyat qildi. Uning iddaosicha, bu tuhmatni bo‘yniga qo‘yish uchun xotinini qamash, qizini esa bolalar uyiga topshirish bilan tahdid qilishmoqda.

Bir yil muqaddam xotini va kichik yoshdagi qizini olib, Rossiyaga borgan 30 yashar Sardor o‘zi yashab turgan uy egasining 280 ming rublini o‘g‘irlashda gumon qilinib, ikki kun hibsda saqlanganini aytdi.

Sardorning da’vosicha, u pulni olmagan va aslida xonadonda buncha pul bo‘lmagan, deb ishonadi:

- Bu 4 ming AQSh dollari atrofidagi pul. Agar uy egalari shuncha puli bor odam bo‘lsa, biz bilan bitta ijarada yashab yuradimi, farroshlik qiladimi? Bu yerda unaqa katta pul topadigan o‘zbek yo‘q. Mening gumonimcha, bular politsiya bilan til biriktirib, shu pulni mendan undirmoqchi. Aks holda poltsiya menga: "Pulni olib kelmasang, xotiningni qamaymiz, qizingni bolalar uyiga topshiramiz!" deb meni qo‘rqitadimi?! Ikki kun hibsda saqlashdi, lekin sal qonun-qoidani bilganim uchun meni chiqarib yuborib, xotinim va qizimning hujjatlarini olib qolishdi. Hozir endi yashirinib yuribmiz, agar ular bizni yana qo‘lga olsa, shu jinoyatni bo‘ynimizga qo‘yib yuborishadi, bizga yordam beradiganlar bormi? - deya yuzlandi Sardor.

Quyida Sardor bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG