Линклар

logo-print

O‘zbekistondagi barcha provayderlarni Internet va mobil aloqasi bilan ta’minlab keluvchi yagona milliy telekommunikatsiya operatori "O‘zbektelekom" faoliyatida muammo yuzaga keladigan bo‘lsa Internet tarmog‘idagi milliy segmentning 97,32 foizi aloqa tizimlaridan mutloq uzilib qolishi mumkin. Bu haqda Internet xavfsizligi bo‘yicha ixtisoslashgan Moskvadagi Qrator Labs tashkiloti o‘z hisob-kitoblarini e’lon qildi.

Guruhga ko‘ra, O‘zbekiston aloqa tizimi dunyodagi eng beqaror bo‘lgan va faqat bitta operatorga qarab qolgan mamlakatdir.

O‘zbekiston o‘z aloqa tizimining beqarorligi bo‘yicha Suriya, Turkmaniston, Belarus kabi davlatlardan ham o‘zib ketgan.

Qrator Labs tashkilotiga ko‘ra, Suriyadagi Syrian Telecom faoliyatida uzilish bo‘lsa milliy segmentning 94 foizi, Turkmanistonda “Turkmentelecom” faoliyatida uzilish bo‘lsa milliy segmentning 90,4 foizi aloqadan mosuvo qolishi mumkin.

O‘zbekistondagi Internet provayderlari traffikni bu sohaning yagona monopolisti sanalgan "O‘zbektelekom"dan oladi.

Mamlakatdagi Internet provayderlarining sun’iy yo‘ldosh orqali jahon tarmog‘iga ulanishi rasman taqiqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistondagi ushbu monopolist shirkat mamlakat Internet tarmog‘i ustidan to‘liq nazorat ham o‘rnatgan.

Yillardan beri mamlakatdagi mustaqil ommaviy axborot vositalari va muxolifat sahifalarini to‘sib qo‘yilgan.

Ozodlikning yangi media bo‘yicha tahlilchisi To‘lqin Umaraliev mulohazalari.

XS
SM
MD
LG