Линклар

Namangandagi bolalar shifoxonasining qamalib chiqib, o‘z lavozimiga qayta tiklangan bosh vrach muovini, Oliya Shodieva, bu haqda Ozodlik xabar berishidan ko‘p o‘tmay nafaqaga chiqarildi.

Oliya Shodieva 2008 yilda Namangandagi bolalar shifoxonasida 147 nafar go‘dakka orttirilgan immun taqchilligi virusi - OITV yuqtirilishi ortidan jinoiy javobgarlikka tortilgandi.

OITV yuqtirilgan kamida 15 chaqaloq hayotdan ko‘z yumgan.

Shodieva Oliya ham mansabiga sovuqqonlik bilan qarashda aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Qamoqdan ozod etilgach Shodieva Namangandagi bolalar shifoxonasiga 2015 yil oxirlarida yana ishga olingan va ko‘p o‘tmay bosh vrach muovini lavozimiga qayta tiklangan.

Ozodlikka bilan suhbatlashgan mahalliy shifokorlardan biri o‘shanda Shodieva “tanish-bilishlari orqali” o‘z o‘rniga tiklanganini iddao qilgandi.

Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mulozimining ma’lum qilishicha, 29 aprelda Ozodlikda sobiq rahbarning o‘z lavozimiga qayta tiklangani haqida maqola chiqishi ortidan bolalar shifoxonasida “ichki tekshiruv” boshlangan.

Tekshiruvlar juda qattiq bo‘ldi. Maxsus komissiya xodimlari Shodievaning qanday qilib bosh vazir muovini lavozimiga olingani va bu xabar qanday qilib matbuotga chiqib ketgani bilan qiziqdilar. Alaloqibat, Shodieva o‘z xohishi bilan ariza yozib, pensiyaga chiqib ketdi,” dedi ismi oshkor etilishini istamagan Ozodlik manbasi.

Namangandagi Bolalar shifoxonasi navbatchisining ma’lum qilishicha, Oliya Shodieva o‘rniga bir necha yil muqaddam ish boshlagan yosh shifokor, Fayzullo Mamatvaliev, tayinlangan.

Namangan siri - 2008

Namangan shahrida 147 nafar bolakayning OITVga chalingani haqidagi xabar O‘zbekistonda shov-shuvlarni uyg‘otgan edi.

Biroq, O‘zbekiston rasmiylari go‘daklarning OIT virusiga chalinishiga oid xabarlarni ikki yil davomida oshkor etmadi.

Bu paytga kelib 13 nafar namanganlik shifokor, jumladan bolalar kasalxonasining bosh vrachi va muovinlari ustidan jinoiy ish ochilib, ulardan 12 nafari besh yildan sakkiz yilga qadar qamoq jazosiga hukm etilgan edi.

Namangandagi bolalar shifoxonasida virusning bolalarga yuqtirilishiga sanitariya-gigiena, dezinfeksion va sterilizatsion rejimning buzilgani sabab sifatida keltirildi.

O‘zbekistonda OIT virusini yuqtirganlar soni bo‘yicha aniq raqam oshkor etilmaydi.

O‘zbekistonda 30 mingdan 21500 dan ortiq VICh infeksiyasini yuqtirgan kishi aniqlangan.

Ammo, mutaxassislar haqiqiy raqamlar bundan ancha yuqori ekani aytishadi.

XS
SM
MD
LG