Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:58

Moskvadan g‘oyib bo‘lgan Ilhomni oilasi qidirmoqda


Moskvada g‘oyib bo‘lgan Ilhom Boymanov
Moskvada g‘oyib bo‘lgan Ilhom Boymanov

Ko‘p yillardan buyon Rossiyada ishlab yurgan tojikistonlik o‘zbek Ilhom Boymanov 7 may kuni Moskvadan Sankt-Peterburgga yo‘lga chiqqanidan so‘ng g‘oyib bo‘ldi. 1983 yilda tug‘ilgan Ilhomni Rossiyadagi opasi qidiruvga bergani, ammo hanuz daragi chiqmaganini aytmoqda. Ilhomning rafiqasi va uch farzandi uni Tojikistonda kutmoqda.

Ilhomning opasi Gulsanam Berdimurodova Ozodlik bilan suhbatda ukasi nega va qaerga g‘oyib bo‘lgani haqida, hatto, tasavvurga ega emasligini aytdi:

- Hujjatlarida muammo yo‘q edi, militsiyaga ham ishi tushmagan. Moskvadan Sankt-Peterburgga poezdga bilet olib, kvartirasidan yo‘lga chiqayotganidan bir sherigi ko‘rgan. Yo‘lga chiqqan va shu bo‘yi daragi yo‘q. Hamma tanish-bilishlarni qidirib chiqdik, qidiruvga berdik. Hech qanaqa xabar yo‘q. Boshiga nima ish tushdi, unga nima qildi - bilmaymiz. Iltimos, ko‘rgan-bilganlar bo‘lsa, telefon qilinglar: + 8 921 755 83 48 mening telefon raqamim. Uchta bolasi uyida qolgan xotini bilan, - deydi Gulsanam Berdimurodova.

Quyida bu ayol bilan suhbatni tinglang:

Гулсанам Бердимуродова: Москвада йўқолган укамни топишда ёрдам беринг!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:13 0:00
Бевосита линк

---------------------------------------------------------------------------------------------------
Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG