Линклар

logo-print

BMT qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2014 yildan beri O‘rtayer dengizida Yevropa Ittifoqiga etib olishga uringan 10 ming 85 nafar odam halok bo‘lgan.

Shu kunlarda Yevropa Ittifoqi Afrika qit’asidan bo‘lgan muhojirlar oqimini qisqartirish bo‘yicha yangi rejani ochiqladi. So‘nggi haftalarda bu mintaqada o‘lim bilan tugagan qator noxush hodisalar ro‘y berdi.

Rejaga muvofiq, Yevropa Ittifoqi muhojirlar kelayotgan Habashiston, Niger, Nigeriya, Mali va Senegal kabi mamlakatlarga 60 milliard dollar miqdorida xususiy sarmoya yo‘naltirmoqchi. YeI, shuningdek, Livan va Iordaniyaga ham sarmoyadorlarni jalb qilishni rejalagan.

XS
SM
MD
LG