Линклар

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on deputatlar daxlsizligini bekor qiluvchi qonunni imzoladi.

Qonun amaldagi rasmiylarga muxolif qarashda bo‘lgan parlament a’zolari va kurdparast deputatlarning sud orqali ta’qib qilinishiga yo‘l ochadi.

Qonun loyihasi Erdo‘g‘on kurdparast Xalq demokratik partiyasi vakillarini isyonchilar bilan aloqadorlikda ayblaganidan keyin hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan kiritilgan. Turkiya prezidenti bir necha bor ularni terrorchilik ayblovi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortishga chaqirgan.

Qonun loyihasi Germaniya va Yevropa Ittifoqi rasmiylari tomonidan tanqid qilindi. Loyiha muxolifatchi deputatlar tarafidan ham qoralandi.

Xalq demokratik partiyasi Turkiyada istiqomat qiladigan kurdlar va boshqa milliy ozchiliklar haq-huquqini dastaklaydi hamda taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasining siyosiy qanoti ekani haqidagi iddaolarni rad etib keladi. 20 may kungi ovoz berish chog‘ida qonun loyihasini 550 nafar deputatdan 376 nafari qo‘llagan, bu esa referendum o‘tkazish zaruratini yo‘qqa chiqargandi.

XS
SM
MD
LG