Линклар

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi “Qozog‘istonni ozod qilish armiyasi” kabi bir tashkilot borligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati tomonidan 7 iyun oqshomida tarqatilgan xabarnomada aytiladi.

Avvalroq qator nashrlar “Qozog‘istonni ozod qilish armiyasi” nomli tashkilot bayonot bilan chiqib, 5 iyun kuni Aqto‘beda sodir bo‘lgan voqealar uchun mas’uliyatni zimmasiga olgani haqida xabar qilgandilar.

“Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bu ma’lumot haqiqatga muvofiq emasligini rasman bildiradi. “Qozog‘istonni ozod qilish armiyasi” kabi bir tashkilot yo‘q”, deyiladi MXQ matbuot xizmati xabarnomasida.

5 iyun kuni Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida qurolli odamlar guruhi qurol-aslaha do‘konlarini talagan, keyin esa harbiy qismga hujum qilgandi. Otishma chog‘ida 10 ga yaqin odam nobud bo‘lgan. Qozoq rasmiylari so‘nggi ikki kun ichida hujumchilardan 13 nafari o‘ldirilgani, yana 7 chog‘li hujumchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar tarqatganlar.

XS
SM
MD
LG