Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:19

MDH bosh vazirlarining Bishkekdagi majlisida 20 dan ziyod hujjat imzolandi


MDH hukumat rahbarlarining 7 iyun kuni o‘tkazilgan majlisi yakunlariga ko‘ra 20 dan ziyod hujjat imzolandi.

Xususan, hukumatlar tamsilchilari tomonidan Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnomaga a’zo davlatlar o‘rtasida davlat xaridini tartibga solish qoidalari va protseduralari haqidagi bayonnoma, Agrobioxilma-xillikni saqlash to‘g‘risidagi konvensiya imzolandi, “Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar aholisining salomatchiligi” strategiyasi, Saraton kasalliklariga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi, 2016-2020 yillarda qandli diabet profilaktikasi va muolajasi bo‘yicha hamkorlik dasturi hamda Kimyoviy sanoat sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi tasdiqlandi.

Shuningdek, majlis ishtirokchilari MDHga a’zo davlatlar elektr energetika ob’ektlaridagi avariyalar bo‘yicha axborot almashish to‘g‘risidagi shartnoma, elektr energetikasi sohasidagi kasbiy ta’lim jabhasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv, radioaktiv manbalarni ko‘chirish bo‘yicha MDH mamlakatlari informatsion hamkorligi to‘g‘risidagi bitim va boshqa hujjatlarni imzolaganlar.

Yig‘ilish qatnashchilari MDHni zamonaviy shart-sharoitga moslashtirish masalalar bo‘yicha konstruktiv mulohazalar bilan o‘rtoqlashganlar.

MDH bosh vazirlarining Bishkekdagi yig‘ilishida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Moldova hukumatlarini bosh vazirlar, Ozarbayjon, Armaniston, Turkmaniston va O‘zbekiston hukumatlarini esa bosh vazir o‘rinbosarlari tamsil etdilar. O‘zbekiston delegatsiyasiga Bishkek safarida bosh vazirning birinchi muovini, moliya vaziri Rustam Azimov yetakchilik qildi.

XS
SM
MD
LG