Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:44

Rossiyada 5 odamni o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonlik ustidan sud boshlanmoqda


8 iyun kuni Rossiyaning Tula viloyati sudi besh odamni o‘ldirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Sirojiddin Sheraliev ishini ko‘ra boshladi.

Tula viloyati sudi matbuot kotibining aytishicha, sud ochiq tartibda va guvohlar ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

30 yashar Sirojiddin Sheraliev uch bolakay doxil besh odamni "o‘ta shafqatsizlik bilan" o‘ldirishda va yana ikki kishiga tan jarohati etkazishda ayblanmoqda.

Tergov xulosasiga ko‘ra, mast holatda bo‘lgan Sirojiddin Sheraliev 2015 yil 30 mayga o‘tar kechasi Tula viloyatining Kosaya Gora qo‘rg‘onida besh ayolni o‘ldirgan va yana ikki kishiga og‘ir tan jarohati etkazgan.

Sheraliev jinoyat sodir etgan joydan qochishga uringan payti militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingani aytiladi.

Sud qaroriga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi o‘shandan buyon Tula shahar tergov izolyatorida bir kishilik kamerada ushlab turilibdi.

Ayblanuvchi bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.

XS
SM
MD
LG