Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:01

Nazarboev Aqto‘bedagi hujumlarga aloqador shaxslarni qattiq jazolashga buyurdi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev mamlakat g‘arbidagi Aqto‘be shahrida 5 iyun kuni qurolli hujumlarni sodir etgan "barcha" shaxslarni qattiq jazolashga buyruq bergan.

Nazarboev buyrug‘i mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Vladimir Jumakanov unga Aqto‘bedagi aksilterror amaliyoti natijalari haqida hisobot berarkan yangragan.

Noma’lum qurolli shaxslar Aqto‘bedagi ikki qurol do‘koni va harbiy bo‘linmagan hujum qilishi natijasida kamida 17 kishi halok bo‘lgan va yana ko‘plar yaralangan.

8 iyun kuni Qozog‘iston prezidentining rasmiy sayti Aqto‘bedagi hujumlarga aloqador shaxslar aniqlanganini ma’lum qildi.

"Jinoyatchilarning hammasini qo‘lga olish kerak. Qurolli qarshilik ko‘rsatilsa, yo‘q qilinsin. Hamma ishtirokchilar qattiq jazolanishi shart," deb aytgan Nursulton Nazarboev.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar 13 nafar hujumchi yo‘q qilingan, 14 nafari yaralangan va yana 6 kishi qidiruvda.

XS
SM
MD
LG