Линклар

Rossiyada sud rassom Pyotr Pavlenskiyni xavfsizlik xizmatlari qarorgohiga o‘t qo‘ygani uchun jarimaga tortib, ozod qildi.

Moskvaning Meshchanskiy Sudi 8 iyun kuni Pavlenskiyni "madaniy inshoot"ga shikast etkazishda aybdor deb topib, 500 ming rublь (7,700 AQSh dollari) jarima belgiladi.

Pavlenskiy yoqib yuborilgan eshikka yetkazgan zarari uchun 481 ming rubl (7,400 AQSh dollari) jarima to‘lashi kerak.

San’atkor noyabr oyida Moskvadagi FSB bosh qarorgohining yog‘ochdan yasalgan ulkan eshigiga gazolin sepib, yoqib yuborgandi.

Bu performansini Pavlenskiy "Tahdid" deya nomladi.

U voqea joyida hibsga olindi.

Pavlenskiy Rossiyada siyosiy erkinliklarni cheklashga qarshi performanslari bilan tanilgan.

Hozirgacha Pavlenskiy o‘z moyagini Qizil Maydonga mixlagan, labini tikkan va qulog‘ining bir qismini kesib tashlagan.

XS
SM
MD
LG