Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:34

Pokistonlik ayol o‘z qizini tiriklay yoqib yubordi


Pakistan -- A Pakistani woman (L) sits on a charpoy with others as she smokes at a slum in Lahore, 21Feb2012
Pakistan -- A Pakistani woman (L) sits on a charpoy with others as she smokes at a slum in Lahore, 21Feb2012

Pokiston rasmiylarining aytishicha, o‘z qizini tiriklay yoqib yuborgan Parvin Rafiq ismli ayol hibsga olingan.

Bunga, rasmiylarga ko‘ra, qizning o‘zi istagan erkakka turmushga chiqmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Politsiyaning aytishicha, qotillik 8 iyun kuni Lahor shahrida sodir etilgan va ayol o‘sha kunning o‘zidayoq hibsga olingan.

Ayblanuvchi Parvin Rafiq 18 yashar qizi Zinat Rafiqning ustiga benzin quyib, uni yoqib yuborganini tan oldi, dedi politsiya rasmiysi Shayx Hammad Axtar.

Pokistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonliklar keng tarqalgan.

Mamlakatda har yili “qon da’vosi” vaji bilan bir mingga yaqin ayol o‘ldiriladi.

O‘tgan oy o‘zidan yoshi ikki baravar katta erkakka turmushga chiqishni istamagani uchun 19 yoshli maktab o‘qituvchisi Mariya Bibi qiynoqqa solingan, ustiga benzin sepib yoqib yuborilgan edi.

XS
SM
MD
LG