Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:32

BahsOnline: So‘kong‘ich hokimlarning tanobini tortib qo‘ysa bo‘ladimi?


Islom Karimov Farg‘ona viloyatiga safari davomida fermerlar bilan uchrashmoqda
Islom Karimov Farg‘ona viloyatiga safari davomida fermerlar bilan uchrashmoqda

BahsOnlinening bu galgi eshittirishida O‘zbekiston viloyat va tumanlaridagi so‘kong‘ich va mushtumzo‘r hokimlarning tanobini qonuniy yo‘l bilan tortib qo‘yish imkoni bor-yo‘qligi munozara qilinadi. Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 9 iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillari hamda IMO, WhatsApp, VIBER orqali bog‘laning.

Farg‘ona viloyati Furqat tumani hokimi No‘’monjon Nazirov fermerning onasini so‘kkani uchun Ozodlik orqali kechirim so‘radi.

O‘zbekistonda fermerlarning hokimlar tomonidan haqorat qilinishi va urib kaltaklanishi yangilik emas.

Ozodlik bu haqda bir qancha eshittirishlar bergan edi.

Lekin aksariyat holatlarda fermerlar shaxsiyati tahqirlansa ham, kaltaklansa ham, hatto onasi haqoratlangan taqdirda ham bu haqda hech qaerga shikoyat qilmaydi.

Fermerlar ularning prezident yoki bosh vazir nomiga yozgan shikoyatlari yo‘lda qolib ketishi, yoki shu hokimning o‘ziga qaytib kelishi va hokim tomonidan turli xil bosimlar bo‘lishidan cho‘chiydilar.

Biroq, ayni paytda, ba’zi fermerlar fikricha, so‘kong‘ich hokimlar tanobini qonuniy yo‘l bilan tortib qo‘yish imkoni bor. Ular bu o‘rinda prezidentning mushtumzo‘r va so‘kong‘ich hokimlar haqida aytgan gaplarini dastak qilib keltiradilar.

Xo‘sh, O‘zbekistonda mushtumzo‘r va so‘kong‘ich hokimlarning tanobini qonun yo‘li bilan tortib qo‘yish imkoni bormi?

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 9 iyun, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Siz shuningdek jonli eshittirishga:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713, bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG