Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:32

Tojikistonning ilk prezidenti vafot etdi


Tojikistonning ilk prezidenti Qahhor Mahkamov 8 iyun kuni 84 yoshida vafot etdi.

Tojikiston shimolidagi Xo‘jand shahridan bo‘lgan Qahhor Mahkamov 1985 yilda hali Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan Tojikiston Kommunist partiyasining birinchi kotibi bo‘ldi.

1990 yil aprelida Tojikiston Oliy Kengashi raisi va ayni yilning 30 noyabrida parlament tomonidan Tojikiston prezidenti etib saylandi.

Biroq prezident etib saylanishidan 9 oy o‘tib, 1991 yil 30 avgustida Moskvada GKChP – davlat to‘ntarishi amalga oshmagach, kuchli e’tiroz va bosimlar ostida iste’fo berdi.

Hayotining so‘nggi 25 yili davomida Qahhor Mahkamov siyosatdan o‘zini uzoq tutdi.

U Tojikiston senatining doimiy a’zosi edi va ilk prezident sifatida 300 somoniy (40 dollar atrofida) nafaqa olardi.

XS
SM
MD
LG